Кредит қопқони
❓Ҳеч ўйлаб кўрганмисиз:
— Нега дунёнинг йирик корпорациялари сизга ўз маҳсулотини дарров сотиб юборишдан кўра, уни бир неча йил давомида бўлиб-бўлиб тўлашингиздан манфаатдор?
— Нима учун инсон мияси “фоизсиз” деган сўзга учади?
— Биз қандай қилиб ижтимоий статус қулига айланиб қоляпмиз?
Батафсил – https://youtu.be/YMbO3JYbU1s?si=Tg2ezCTIIVpDTZ3A
YouTubeKredit qopqoni: Ijtimoiy status qullari“Boshlang‘ich to‘lovsiz”, “0-0-12”, “Pasportning o‘zi yetarli”. Bu iboralarni eshitganda miyangizda “imkoniyat” so‘zi charaqlaydi, to‘g‘rimi? Aslida esa bu sizning kelajakdagi erkinligingizga qo‘yilayotgan qopqon. Siz do‘kondan yangi telefon yoki maishiy texnika sotib olganingizda, aslida mahsulotni emas, balki shunchaki “status”ni, u ham bo‘lsa, keyingi bir yil davomida bankka bog‘lanib qolish evaziga sotib olib chiqib ketasiz.
Nima uchun dunyoning eng yirik korporatsiyalari sizga mahsulotni darrov sotib yuborishdan ko‘ra, uni bir necha yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lashingizdan manfaatdor? Ular sizga yordam beryaptimi yoki sizni “kelajakdagi o‘zingiz“ bilan to‘qnashtirib, ijtimoiy qulga aylantiryaptimi?